Tanzila Narbaeva MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
Tanzila Narbaeva MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining 57-sessiyasida ishtirok etib, nutq so’zladi va O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan tashabbuslarni ilgari surdi.
Bugungi kunda MDH Parlamentlararo Assambleyasi demokratik tamoyillar targ‘iboti, parlamentarizm va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Shuningdek, sessiyada Assambleya a’zo davlatlarning saylov jarayonlarini qonunchilikka muvofiq o‘tkazilishdagi ishtiroki, bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashi faoliyati alohida e’tirof etildi”, – deyiladi xabarda.
Sessiyada Assambleyaning ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi va O‘zbekistonning qonunchilik tashabbuslari hamda manfaatlarini ifoda etadigan namunaviy qonunlar va tavsiyalarni qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdik, deyiladi.
Sharhlar