Tanzila Narbaeva Tojikiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag’ishlangan konferensiyasida ishtirok etdi
Tanzila Narbaeva boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasi Tojikiston Respublikasi taklifiga binoan “Tojikiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil” mavzusidagi xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro anjuman parlamentlararo hamkorlik va muloqotni yanada mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, unda konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
“Shu bilan birga, milliy va jahon konstitutsiyaviy taraqqiyotida global jarayonlarning mohiyatini aniqlash hamda jamiyatda konstitutsiyaviy qadriyatlarni ilgari surish bo‘yicha tajribalarimi bilan o‘rtoqlashdik”, – dedi Tanzila Narbaeva.
Konferensiya doirasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalar kengayib borayotgani, shu jumladan parlamentlararo hamkorlik yanada rivojlanayotgani ta’kidlab o‘tildi.
Sharhlar