Tanzila Narbaeva Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori bilan uchrashdi

Foto: telegram

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Jenevaga rasmiy tashrifi davomida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Bosh direktori Jilber Ungo janoblari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida munosib mehnat tamoyillarining tizimli tatbiq etilishi hamda XMT bilan ijtimoiy adolat Global koalisiyasi doirasidagi hamkorlik va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Mamlakatda aholi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish hamda farovonlik sari yuksaltirishga qaratilgan dasturning joriy etilganligi va unda xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan standartlar inobatga olinganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, munosib mehnat tizimini takomillashtirishda qonunchilikka oid islohotlarning ahamiyati inobatga olinib, parlamentning ta’sirchan kuchi va vakolatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.