Tanzila Norboyeva Hindiston parlamenti quyi palatasi Spikeri bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Sankt-Peterburg shahrida Hindiston parlamenti quyi palatasi Spikeri Om Birla bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm va parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirishning amaliy jihatlariga e’tibor qaratildi.
Yuqori darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tashriflar tashkil etish orqali qonun ijodkorligi, elektron parlament yo‘nalishida tajriba almashish lozimligi ta’kidlandi.
Mazkur jihatlarni qamrab olgan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga oid hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlashga kelishib olindi.
Sharhlar