O‘quvchining kaltaklanishi tufayli Rossiya TIV O‘zbekiston elchisiga taqdimot qildi
O‘zbekistonda o‘quvchining rus tili darsida o‘qituvchi tomonidan kaltaklanishi voqeasidan keyin Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovga taqdimot qilindi. Taqdimot — umumfuqaro va diplomatik etiketga rioya qilish iltimosidan iborat diplomatik xatti-harakat hisoblanadi.
Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Axborot va matbuot departamenti direktori Mariya Zaxarova Toshkent maktablaridan birida rusiyzabon bola bilan yuz bergan voqeaga izoh bergandi. Rossiya O’zbekistondan rasmiy izoh so‘ragan.
O’zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Alisher Qodirov bo‘lib o‘tgan voqealarga izoh berib, Rossiya tomoniga O’zbekistonning ichki ishlariga aralashmaslik va o‘zining muammolarini hal etishga e’tibor qaratishni qat’iy tavsiya qildi.
Keyinroq O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ham Toshkent maktabida yuz bergan voqeaga yuzasidan chiqish qildi.
U o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatishini nomaqbul deb atadi. Biroq, uning nuqtai nazari bo‘yicha, “tashqaridan bu dahshatli, ammo mahalliy hodisaga millatlararo va tillararo ma’no berishga urinish” ham qabul qilinishi mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda rus tili fani darsida o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisini urdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida yozilishicha, o‘qituvchi rus sinfiga darsni o‘zbek tilida o‘tgan. O’quvchi darsni rus tilida o‘tishni so‘ragan. Shundan so‘ng videoda aks etgan holat yuz bergan.
Sharhlar