Shavkat Mirziyoyev “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirlandi

Фото: president.uz

Anqara shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tantanali ravishda topshirdi.

– Bugun, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir. Ushbu mukofot xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, oliy darajadagi ishonchli muloqot hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanishining ramzidir, – dedi davlatimiz rahbari.

Ta’kidlash joizki, Turkiya Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq mazkur oliy mukofot Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan davlat arboblariga beriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.