O‘zbekistonda taqiqlangan sayt va manbalarning yangilangan roʻyxati e’lon qilindi

Foto: “Norma.uz”

O‘zbekistonda taqiqlangan sayt va manbalarning yangilangan roʻyxati e’lon qilindi. Ular orasida “Abror Muxtor Aliy” deb nomlanuvchi Telegram-kanali ham bor.

Oliy sud tomonidan 2019—2024-yillarda internet tarmogʻidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) roʻyxati yangilandi.

Qayd etilishicha, taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) roʻyxati Oliy sudning rasmiy veb-saytida muntazam ravishda yangilanib, eʼlon qilib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.