Tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 2024-yil 12-iyundagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli buyrug‘iga ko‘ra pedagog-xodimlarga quyidagicha talablar qo’yilgan. Ulardan eng muhimlari:
- ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat va darslarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli olib borishi;
- mavzudan tashqari mavzularga chalg‘imaslik;
- tarbiyalanuvchi va o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish;
- ta’lim muassasalarida yuzaga keladigan har qanday muammoni qonun, oshkoralik va demokratik asosda hal qilish;
- doimiy ravishda o‘z-o‘zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirib borish;
- tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni guruhdoshlari va sinfdoshlari oldida muhokama qilmaslik;
- tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarni ommaviy izza qilmaslik;
- ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;
Eslatib o’tamiz, so’ngi kunlarda maktabgacha va maktab ta’limi vakillari bilan bog’liq ko’plab holatlar inson ko’nglini hira qilmoqda. Mana shunday holatlarni oldini olishda yuqoridagi normativlarga amal qilish o’ta zarur ekanligini yodda tuting!
Ulashish:
Sharhlar