Tarbiyalovchi bolaning otasidan so’ramasdan qizlar kiyimini kiydirgani uchun ishdan haydaldi

Foto: suniy intelekt orqali yaratilgan

Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi I.K. (erkak) murojaat kelib tushgan. Unda aytilishicha, voyaga yetmagan o‘g‘li Ya.K. (2016-yilda tug‘ilgan) Toshkent shahridagi Mirobod tumani MTT tarbiyalanuvchisi ekanligi, 2022-yilda tarbiyachi o‘g‘liga qizlar kiyimini kiydirib, lab va yuzlarini bo‘yab, ayollar raqsini ijro ettirgani, bu bilan o‘g‘lining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgani, bunday sahna ko‘rinishlari haqida uni ota sifatida ogohlantirmay, ruxsatini olishmagani, bu voqeadan “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali unga kelgan foto va video tasvirlardan xabar topganligini bildirib, bolasining buzilgan huquqlari tiklanishida yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Ya.K. qatnashgan tadbirda sahna ko‘rinishini tashkilashtirgan tarbiyachi X.Q. ekanligi va bolaga oid bu sahna xususiyatlari yuzasidan otadan ruxsat olmagani aniqlanib, tarbiyachiga nisbatan Mehnat Kodeksining 157-moddasi (Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish) bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.