Tariflarni noqonuniy oshirgani uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari”ga qarshi ish qo‘zg‘atildi

Фото: raqobat.gov.uz

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi uchun elektr energiyasi tariflarini noqonuniy oshirganligi yuzasidan ish qo‘zg‘atdi, deya xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi qo‘mitaning viloyat bo‘limiga tariflar oshirilishi yuzasidan shikoyat bilan murojaat qilib, amaliy yordam so‘ragan.

Natijada boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Vaziyatni o‘rganish jarayonida mutaxassislar elektr energiyasi uchun to‘lovlarda belgilangan tariflar oshirib yuborilganini aniqladi. Talablarga rioya qilmasdan oshirilgan tariflar natijasida 115 million so‘m qo‘shimcha to‘lov hisoblab chiqilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.