Surxondaryoda tarixiy yodgorlikni buzib, issiqxona qurib olgan xususiy kompaniyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi V – VII asrlarga oid “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorligining 585 m3 maydoni fuqaro S.S. va M.S.lar tomonidan uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi mil.avv. III–I asrlarga oid “Hayvontepa” arxeologiya yodgorligining 3500 m3 maydoni “M.I.S” xususiy korxonasi tomonidan issiqxona qurish maqsadida buzilib, yodgorlikka 208,1 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Bosh prokuratura eslatishicha, mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.
Sharhlar