Tarkibida insult va infarkt kasalliklarini keltirib chiqaruvchi modda mavjud bo’lgan “ozdiruvchi” dorilar aniqlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Nukus shahridagi savdo do‘konlarining biri ko’zadan kechirilganda mazkur do‘kon ko‘zdan kechirildi va uning yordamchi xonalarida kelgusida sotish maqsadida saqlanib kelinayotgan, sifatini kafolatlovchi va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan jami 10820 dona 4 xil turdagi ozish uchun mo‘ljallangan qo‘shimchalar borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan laboratoriya ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, mazkur “Max Slim” va “Molecule” nomli ozdiruvchi dori vositalari tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi sibutramin moddasi borligi tasdiqlandi.
Sibutramin – yurak qon-tomir tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, insult va infarkt kasalliklarini keltirib chiqaruvchi, inson onggiga kuchli ta’sir qilib, bog‘lanib qolish hissin uyg‘otuvchi modda.
Mazkur holatda qiymati 98 million so‘mlik dorilar vaqtincha saqlovga olinib, ish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar