“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumida ovoz berish boshlandi
“Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Quyidagi usullardan biri orqali:
— “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
— portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
— Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Tashabbusli byudjet” jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Oliy Majlis Senati kengashi qarori e’lon qilingan edi.
Unga ko‘ra, ovoz berish jarayoni davomida fuqarolar tomonidan shikoyatlar kelib tushsa, tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topganda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqariladi.
Majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarini oldini olish maqsadida ovoz berish bosqichi muddati 10 kunga kamaytiriladi. Shuningdek, so‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi.
Sharhlar