“Tashabbusli byudjet”da majburiy tarzda ovoz to‘plashga qarshi ishlar tashkillanadi

Foto: my.gov.uz

“Tashabbusli byudjet” jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Oliy Majlis Senati kengashi qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, ovoz berish jarayoni davomida fuqarolar tomonidan shikoyatlar kelib tushsa, tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topganda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqariladi.

“Majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarini oldini olish maqsadida ovoz berish bosqichi muddati 10 kunga kamaytiriladi. Shuningdek, so‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi”, – deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, loyihalarning amalga oshirilishini doimiy nazorat qilib borish va monitoringini kuchaytirish maqsadida “Ochiq byudjet” axborot portalida sayyor monitoring bo‘limi ishga tushiriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.