“Tоshkent invest kompaniyasi” AJ Keramika bog‘i bo‘yicha so‘rovnomani chop etish iltimosi bilan poytaxt hokimligiga murojaat qildi
“Toshkent invest kompaniyasi” AJ poytaxtliklarning fikrini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar hokimligiga so‘rovnomani rasmiy telegram-kanalda e’lon qilish iltimosi bilan murojaat qildi. Bu haqda Anhor.uz Toshkent hokimligi matbuot xizmatiga tayanib xabar beradi.
“Ushbu bog‘ni obodonlashtirish kontseptsiyasini ishlab chiqish uchun fikr-mulohazalar zarur. Bu bosqichda aniq ish rejalashtirilmagan – fikr-mulohazalar yig‘ilmoqda”.
So‘rovnomadagi texnik xatolar tufayli post o‘chirildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
“23-iyul kuni tushdan keyin post yana e’lon qilindi. Anketani ishlab chiquvchilar bizni so‘rov natijalarining hech biri yo‘qolmaganiga ishontirishdi. Bunda salbiy sharhlar hech qanday rol o‘ynamadi, chunki hokimlik matbuot xizmati har bir fikr-mulohazani qayta ko‘rib chiqib, sharhlovchilarni so‘rovnomada qatnashishga ishontirish maqsadida muloqotga tortdi”, — deya xulosa qiladi bo‘lim.
Sharhlar