Bojxona to‘lovlarini kechiktirish 120 kundan oshmasligi belgilanmoqda

Foto: zarnews

14-oktabr kuni qabul qilingan Farmonga (PF-156-son) muvofiq Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash muddatlarini birxillashtirish va ularning 120 kundan oshmasligini belgilash;

tashqi savdo operatsiyalarida muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklarni hisoblash hamda aktivlarni repatriatsiya qilish tartibini takomillashtirish.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.