Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrif buyuradi
Bugun, 19-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi ma’lum qildi.
Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan. Yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi.
20-avgust kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Ulashish:
Sharhlar