Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga amaliy tashrifi yakunlandi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ishtirok etish maqsadida Moskva shahriga qilgan amaliy tashrifi yakunlandi, deb xabar bermoqda Prezident Matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
“Vnukovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov hamda boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
8-oktabr kuni O’zbekiston Prezidenti MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Ulashish:
Sharhlar