Tatariston bilan transport mashinasozligini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi
29-iyul kuni Transport vaziri Ilxom Maxkamov Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda transport mashinasozligini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Xususan, o‘zaro hamkorlikda elektropoyezdlar, yo‘lovchi va metro vagonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni yaratish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur lokalizatsiya qilish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Sharhlar