Saida Mirziyoyeva singlisini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva singlisi, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevani tavallud kuni bilan qutlab, o‘z Telegram-kanalida post yozib qoldirdi.
“Tugʻilgan kuning muborak boʻlsin, jon singlim!
Hayotimda borliging – men uchun baxt! Allohim seni ham, ajoyib oilangni ham oʻz panohida asrasin!
Seni yaxshi koʻraman!” — deyiladi postda.
Shahnoza Mirziyoyeva 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Pedagogika fanlari nomzodi. Shuningdek, huquq va jahon iqtisodiyoti bo‘yicha magistrlik darajalariga ega.
2017-yildan (ochilganidan beri) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligida ishlagan, u yerda maktabgacha ta’lim sohasida siyosatni shakllantirish va strategik rivojlanish Bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u vazirning maktabgacha ta’limda tenglik va inklyuziya bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.
2023-yilda esa Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Sharhlar