Taxmina Ikromova ikki dasturdan keyin 64.050 ochko jamgʻardi

Ma’lum qilganimizdek, bugun badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova koʻpkurash yoʻnalishidagi saralash bosqichida ishtirok etmoqda. Hozircha sportchilar ikki dasturda oʻz chiqishlarini yakunlashdi.

Yurtdoshimiz toʻpdagi mashqda 32.350, halqa bilan esa 31.700 ochko jamgʻarishga erishdi. Hozircha 64.050 ball toʻplagan Ikromova 13-pogʻonada ketmoqda. Gimnastikachilar kunning ikkinchi yarmida tasma hamda bulavadagi mashqlarda oʻz dasturlarini namoyish etishadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.