Taxtaqoracha dovonida halok bo‘lganlarning ikki nafari Vengriya fuqarolari bo‘lgan

Фото: Новости Кашкадарьи

O‘zbekiston Respublikasining Vengriyada elchixonasi “Kitob-Samarqand” yo‘lida Qashqadaryo viloyatida toshlar qulab tushishi natijasida ikki nafar Vengriya fuqarosining fojiali halok bo‘lganligi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildi, deb yozadi elchixona matbuot xizmati.

“Vafot etganlarning yaqinlariga va oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Ushbu baxtsiz hodisa, afsuski, dunyoning istalgan nuqtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofat natijasida ro‘y berdi”, – deyiladi xabarda.

O‘zbekiston tomoni barcha tafsilotlarni aniqlash uchun sinchkovlik bilan tergov o‘tkazmoqda. Shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanlariga tez orada qaytarishda to‘liq yordam berishga tayyorlik bildirilgan.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatidagi dovonda toshlar qulab tushishi natijasida halok bo’lganlar haqida yozgandik.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.