Toshkent viloyati YHXBga yangi boshliq tayinlandi

Фото: gov.uz

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Aziz Sadirov Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sadirov Toshkent viloyati IIBB YHXB binosida O’zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i polkovnik Sherzod Ibragimov, viloyat IIBB boshlig‘i general-mayor Toxir Aripov hamda shaxsiy tarkib ishtirokida yig‘ilishda mas’ullar hamda xodimlarga tanishtirildi.

Aziz Sadirov bungacha Qashqadaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.