Shavkat Mirziyoyev Hindistonda yuz bergan fojia munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
3-iyul kuni Uttar-Pradesh shtatining Hatras okrugidagi diniy yig‘inda yuz bergan tiqilinchda kamida 121 kishi halok bo‘lib, 31 kishi jarohat olgandi. Fojia sodir bo‘lgan yerda o‘n minglab odamlar voiz Bhole Babani tinglash uchun to‘plangan.
Politsiya hisobotiga ko‘ra, ruxsat etilgan sig‘im 80 mingga yaqin bo‘lgan bo‘lsa ham, yig‘inda 250 mingga yaqin odam qatnashgan.
Sharhlar