TDTga a’zo mamlakatlarning inson resurslarini rivojlantirishga mas’ul idoralari rahbarlari uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A.Musayev ham ishtirok etdi. Bu haqda DXRA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilish doirasida TDTga a’zo davlatlarda 2023-2024 yillarda inson resurslarini boshqarish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda yangiliklar taqdimot qilindi.
“Taqdimotda davlat xizmatiga kirishda meritokratiya va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ochiq tanlov tizimi joriy qilinganligi, davlat xizmati va inson resurslarini boshqarishni raqamlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganligi aytib o‘tildi”, – deyiladi xabarda.
Yig‘ilish doirasida ikki tomonlama muloqotlar ham o‘tkazildi. Qozog‘iston Respublikasi Davlat xizmati ishlari bo‘yicha agentligi bilan 2024-2025 yilllar uchun tadbirlar rejasi belgilandi.
Sharhlar