Telefon sotuvchi “Soxta” bo‘lib chiqdi
Buxoro viloyatida yashovchi M.O. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 2.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi M.S. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi M.S., telegram messenjeridagi guruhlarning birida jabrlanuvchi M.O. bilan tanishib, unga “iPhone 11 pro max” rusumli telefon qurilmasini pul kerakligi sababli sotishini va unga buyurtmasini 1 kun ichida yetkazib berilishini aytgan. M.S. jabrlanuvchini aldab oldindan 2 mln. so‘m miqdordagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan plastik kartasiga o‘tkazib olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar