Telegram O‘zbekiston bozoriga kirmoqda
Telegram O‘zbekistonning fintech bozoriga kirib bormoqda, deb yozadi bloger Nikita Makarenko.
“Messenjer o‘rnatilgan Wallet hamyonini ishga tushirmoqda, u O‘zbekistonda o‘z ofisini ochadi. Kecha LinkedIn platformasida mamlakatdagi ofis direktori lavozimiga vakansiya paydo bo‘ldi”, — deb yozadi Makarenko.
Avvalroq Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiev Qozog‘istonda noqonuniy kontent va firibgar akkauntlarni blokirovka qilishga qarshi kurashda rasmiylar bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun Telegram messenjerining ofisi ochilishini ma’lum qilingandi.
Ulashish:
Sharhlar