70 yil “temir o‘pka” qurilmasida yashagan amerikalik huquqshunos Pol Aleksander vafot etdi

В 2020 году он опубликовал свои мемуары “Three Minutes for a Dog: My Life in an Iron Lung”, на написание которых ушло пять лет, учитывая, что он писал рукопись, будучи прикован к громоздкой штуковине. Фото: nypost.com

Falajlik tufayli 70 yil umrini “temir o‘pka” sun’iy nafas oldirish qurilmasida o‘tkazgan amerikalik huquqshunos Pol Aleksander 78 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.

Xayriya yig‘ish platformasi — GoFundMe xabariga ko‘ra, u 11-mart kuni Dallasdagi kasalxonada vafot etgan, u yerga koronavirus tufayli yotqizilgan edi.

Pol Aleksander 1952-yilda, 6 yoshida poliomiyelit (bolalar orqa miya falajligi)ga chalingan. Unga traxeostomiya amaliyoti o‘tkazilgan, so‘ng “temir o‘pka” qurilmasiga joylashtirilgan. U germatik kamera bo‘lib, o‘pkalardan havoni chiqarish va kiritish uchun bosim ko‘tariladi va pasaytiriladi.

Pol Aleksander bir necha soat davomida qurilmasiz yashay olardi. 1978-yilda u Texas universiteti huquqshunoslik fakultetini tamomlagan, yurisprudensiya sohasida doktor darajasini olgan, so‘ng advokat bo‘lib ishlagan. So‘nggi yillarda Pol Aleksander qurilmasiz nafas ololmay qolgan. 2020-yilda u “temir o‘pka” yordamida eng uzoq umr ko‘rgan odam sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. O‘sha paytlari u “It uchun uch daqiqa. Temir o‘pkada yashayotgan odam hikoyasi” nomli avtobiografik kitobini chiqargan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.