Temir yo‘l transportida 5 millionga yaqin yo‘lovchi tashilgan
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida temir yo‘l transportida 4 970,9 ming yo‘lovchi foydalangan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 143,3 ming yo‘lovchiga ko‘p.
Shuningdek, agentligik ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transportida 1,9 mln tonna kimyoviy va mineral o‘g‘itlari tashilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 10,8 % ga oshgan.
2024-yilning yanvar-iyun oylari davomida esa umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transportida 16,7 ming tonna yog‘och-taxta yuklari jo‘natilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 9,4 % ga oshgan.
Sharhlar