Temurbek G‘iyosov Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga bronza medalni keltirdi

Фото: НОК

O‘zbekistonlik para-sportchi Temurbek G‘iyosov o‘z nomini Parij-2024 Yozgi Paralimpiya o‘yinlarida medal sohiblari qatoriga qo‘shdi. Balandlikka sakrash dasturida T64 toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz 2,03 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 9 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medali bor.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.