Tender sababli Urganch Davlat universitetiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Urganch davlat universitetida davlat xaridlari bo‘yicha qonunbuzarlik holatlari aniqlandi, deya xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.
Qo‘mitaning viloyat bo‘limi mutaxassislari tomonidan boshlang‘ich qiymati 29,7 milliard so‘m bo‘lgan DXSh asosida amalga oshirilayotgan yetti qavatli talabalar turarjoyini qurish bo‘yicha tender bitimi tekshirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, universitet tanlov savdolarini tashkil etish bo‘yicha konsalting markaziga ariza berish chog‘ida yotoqxona qurilishi II darajali tarmoq xatari obуekti sifatida ko‘rsatilib, obуektni noto‘g‘ri tasniflagan.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, bunday obуektlar “Shaffof qurilish” tizimiga III xatar toifasidagi obуektlar sifatida joylashtirilishi shart.
Universitetning harakatlari natijasida tenderda boshqa viloyatlardagi qurilish kompaniyalari uchun tenderda qatnashish cheklangan.
Universitetga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablarini buzganlik holati bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Buyurtmachi tashkilotning mansabdor shaxsini ma’muriy javobgarlikka tortish ehtimoli to‘g‘risida adliya organiga ma’lumot yuborildi.
Sharhlar