“Termiz aeroporti” chegara bojxona postida sovuq qurollar to‘xtatib qolindi

Foto: Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi

Qurol-yarog‘, o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish kontrabanda jinoyati hisoblanib Jinoyat kodeksiga asosan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deb yozmoqda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

“Termiz xalqaro savdo markazi” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postning piyodalar o‘tish zaliga qo‘shni davlatdan kirib kelgan xorij fuqarosi M.Ya. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda o‘ning yonidan bir dona 9 millimetrli jangovar patron borligi aniqlandi”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, “Termiz aeroporti” chegara bojxona postiga xorijdan uchib kelgan fuqaro B.Sh. ning qo‘l yuklari tekshiruvdan o‘tkazilganda, 6 dona sovuq qurollar turkumiga kiruvchi turli o‘lchamdagi bolta va pichoqlarni noqonuniy ravishda olib kirishi to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.