O‘zbekistonda test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: Abt.uz

Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024—2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, “Abituriyent ruxsatnomasi”da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.