Test sinovlari 14-iyuldan boshlanib, mandat 22-avgustga qadar eʼlon qilinishi kutilmoqda

Foto: oliygoh.uz

2024/2025 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan 28-iyul kuniga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi hamda 30-iyuldan boshlab 15 kun yoʻnalish tanlash imkoniyati yaratiladi.

13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin boʻladi) ushbu muddat yakunlanadi.

7 kunlik muddatdan soʻng mandat hisoblanadi hamda 21-22-avgustda mandat eʼlon qilinadi.

Avvalroq, bu yil qancha abituriyentga imtihonda qatnashish uchun ruxsatnoma berilganligi haqda xabar bergan edik.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.