Texas Bosh prokurori Bayden ma’muriyatini sudga berdi
Texas bosh prokurori Ken Pakston prezident Jo Bayden maʼmuriyatini baʼzi saylovchilarning fuqaroligini tekshirishda yordam berishdan bosh tortganlikda ayblab, sudga murojaat qildi.
Reuters xabariga ko‘ra , oktyabr oyi boshida Pakston hokimiyat organlariga ovoz berish uchun noqonuniy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarning fuqaroligini tekshirish uchun so‘rov yuborgan.
Hech qanday javob olmaganidan so’ng, u Texasning G’arbiy okrugi tuman sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilishga qaror qildi.
Pakstonning ta’kidlashicha, federal hukumat shtatda ro’yxatga olingan 17,9 million saylovchidan 450 ming nafarining fuqaroligini tekshirishda yordam berishdan bosh tortgan.
Ulashish:
Sharhlar