Texnikum direktorligiga talabgorlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi
Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan negizida texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi.
2025-yil 1-sentabrgacha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari belgilangan tartibda kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktiriladi.
2025/2026-o‘quv yilidan texnikumlarga quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat beriladi:
- fanlarni bir-biriga integratsiya qilishga hamda ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgacha o‘zgartirishga;
- yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari ishtirokida to‘lov-kontrakt asosidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilishga;
- kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga;
- fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil qilishga;
- kasbiy ko‘nikmalar markazlaridan amaliyot bazalari sifatida bepul foydalanishga.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan talab “Kasbiy ta’lim” platformasi orqali shakllantiriladi.
2025/2026 o‘quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi.
Xalqaro ta’lim dasturlari asosida ta’lim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
2025-yil 1-yanvardan texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinadi.
Kasbiy ta’lim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha mas’ul organ etib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilandi.
Sharhlar