Texnikumni muvaffaqiyatli tugatganlar uchun OTMga kirish suhbatida nimalar so’raladi

Foto: ta'lim xabarlari

Avvalroq texnikumni muvaffaqiyatli tugatganlar suhbat asosida imtihonsiz OTMga qabul qilinishi haqda xabar bergan edik. Ular birdaniga 2-kursdan o‘qishni boshlashadi. Hozirda shu toifadagi abituriyentlar uchun qabul davom etmoqda.

Suhbatda nimalar so’raladi?

Suhbatda talabgorga 4 ta yo‘nalishda jami 4 ta savol beriladi:

  • mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish;
  • bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivasiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish);
  • shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);
  • tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi.

Bunda abituriyentlar jami 100 ball to‘plash mumkin.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.