Tez buzuladigan tovarlar va hayvonlar postlardan navbatsiz o’tkazilmoqda
Bojxona qo‘mitasi tomonidan tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini soddalashtirish va tezkorlik bilan amalga oshirish maqsadida chegara bojxona postlarining o‘zida erkin muomalaga chiqarish imkoniyati yaratilmoqda.
Toshkent viloyatining “S.Najimov” va “Yallama” chegara bojxona postlarida ham Respublikahududiga kirib kelayotgan go‘sht, tirik hayvon va bir turdagi mahsulotlarni olib kirishda chegara bojxona postlarida yakuniy bojxona rejimlariga tezkorlik bilan rasmiylashtiruvini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Bu kabi qulayliklar tadbirkorlar uchun tez buziladigan mahsulotlarni chegarada ustuvor tartibda navbatsiz o‘tkazish hamda tovarlarni shu yerning o‘zidan erkin muomalaga chiqarish imkonini beradi, bu esa tashuvchi va tadbirkorlaning ortiqcha vaqt, sarf xarajatlarni oldini olish imkonini beradi.
Raqamlarga ko‘ra, joriy yilning bir oy davomida “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali 250 tonna go‘sht 1000 ga yaqin tirik hayvonlar hamda 760 metr kub yog‘och mahsulotlarini yakuniy bojxona rejimiga rasmiylashtiruvi amalga oshirildi.
Sharhlar