Hozirda O‘zbekiston aholisi nechchi kishini tashkil etmoqda

Фото: qalampir.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.

Shundan:

  • ayollar soni – 18 437,5 ming kishi;
  • erkaklar soni – 18 696,7 ming kishi;
  • shahar joylarda – 18 940,4 ming kishi;
  • qishloq joylarda – 17 193,8 ming kishi.

Ma’lumot uchun, bu ko‘rsatkich, 2023-yilning 1-iyulida 36 372 276 kishini tashkil etgan.

Shuningdek, o‘tgan 100 yil mobaynida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni quyidagi raqamlarni tashkil qilgan:

— 1920 yil – 4,4 mln. kishi

— 1930 yil – 4,9 mln. kishi

— 1940 yil – 6,6 mln. kishi

— 1950 yil – 6,2 mln. kishi

— 1960 yil – 8,4 mln. kishi

— 1970 yil – 11,8 mln. kishi

— 1980 yil – 15,8 mln. kishi

— 1990 yil – 20,2 mln. kishi

— 2000 yil – 24,5 mln. kishi

— 2010 yil – 28 mln. kishi

— 2020 yil – 33,9 mln. kishi

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.