Tirbandliklar, elektr energiyasining o‘chishi va taksi narxlarining oshishi: Toshkentda ob-havoning yomonlashishi uzilishlarga olib keldi
Bugun, 14-oktyabr kuni Toshkent shahrida tirbandliklar, elektr ta’minotidagi uzilishlar va havodagi elektr tarmoqlarida alangalanishlar boshlandi.
Taxminan soat 16:00 da poytaxtning ayrim aholisi qisqa vaqtga elektr energiyasidan mahrum bo‘ldi.
1055-dispetcherlik xizmatining shahar elektr tarmog‘iga tayanib xabar berishicha, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Mirobod tumanlarida yuqori voltli liniyalarda favqulodda to‘xtashlar sodir bo‘lgan, bu esa elektr ta’minotida uzilishlarga olib kelgan.
Ob-havo bulutli va yomg‘irli bo‘lishi munosabati bilan Toshkentda taksi narxlari uch barobar, ayrim joylarda esa to‘rt baravarga qimmatlashgan.
Keyinroq Mirzo-Ulug‘bek tumanida elektr ta’minoti ustunida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan va “paqillashlar” eshitilgan. Favqulodda vaziyatlar departamenti hech kim jabrlanmagani, o‘t o‘chirish va qutqaruv xizmati zudlik bilan voqea joyiga yetib kelganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Yakkasaroy tumanidagi mahallalardan birida yomg‘ir tufayli elektr tarmog‘ida uchqun paydo bo‘lgan. Voqea videosi mahalliy aholi tomonidan tasvirga olingan.
Sharhlar