To‘rt nafar o‘zbekistonlik sportchi Parij Olimpiadasi finaliga o‘tolmadi
O‘zbekiston delegatsiyasining to‘rt nafar vakili Parijdagi Olimpiada o‘yinlarining final bosqichiga o‘ta olmadi.
Dzyudochi Doston Ro‘ziyev ukrainalik Dilshod Xolmatovga qarshi bahsda qo‘shimcha daqiqada finalga chiqish imkoniyatini boy berdi.
Suzuvchi Anastasiya Zelinskaya 400 metrga erkin usulda suzishda 4:31.70 natija bilan o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egalladi va bu unga finalga chiqishga imkon bermadi.
Suzuvchi Ilya Sibirsev 400 metrga erkin usulda suzishni 3:51.52 natija bilan yakunladi va bu unga ham final bosqichiga chiqish imkoniyatini ta’minlay olmadi. U 29-iyul kuni 800 metrga suzish bo‘yicha musobaqani davom ettiradi.
Dzyudochi Halima Qurbonova ilk uchrashuvini ozarbayjonlik Leyla Aliyeva ustidan g‘alaba bilan yakunlab, navbatdagi bahsda shvetsiyalik Tara Babulfatxga yutqazib qo‘ydi.
Sharhlar