Tog‘a 5 nafar jiyanini oddiy sabab uchun xipchin bilan savalagan

Foto: videodan qirqib olingan

14-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Yosh bolani xipchin bilan savaladi” sarlavhasi ostida videoxabar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

OmbudsmanI ma’lumotlariga ko’ra, holat Ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, bir necha kun davomida o‘tkazilgan tekshiruv choralari natijasida ushbu videolavha Tojikiston Respublikasi “Xatlon viloyati, Regar tumanida olinganligi, mazkur voyaga yetmagan bolalarning onasi ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga ketganligi, bolalar tog‘asining qaramog‘ida qolib tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganligi ma’lum bo‘lgan.

Bu zo‘ravonlik holatiga Tojikiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda.

Eslatib o’tamiz, Tojikiston Respublikasi, Xatlon viloyati O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani bilan chegaradosh hisoblanib, ushbu aholi yashash punktining aholisining qariyb
70-75% ni o‘zbek millatiga mansub fuqarolar tashkil etadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.