Tojikiston va О‘zbekiston orasida yangi avtobus yo‘nalishi ochildi
Tojikiston va О‘zbekiston orasida yana bir yangi avtobus yo‘nalishi ochildi. Endi О‘zbekistonning Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahridan Tojikistonning Xo‘jand shahriga avtobus har kuni qatnaydi.
Mazkur yo‘nalish О‘zbekistonning “Olmaliq Isuzu Trans” kompaniyasi tomonidan Tojikistonning “Khujand Trans Service” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, shartnoma asosida ishlaydi.
Olmaliqdan avtobus ertalab soat 7:00 da jo‘naydi va yo‘l haqi 60 ming o‘zbek so‘mini (taxminan 50 somoniy) tashkil qiladi. Xo‘janddan qaytish avtobusi ertasi kuni soat 10:00 da jo‘naydi, Olmaliqqa 15:00 da yetib keladi. Qarama-qarshi yo‘nalishda sayohat narxi 60 somoniy.
Ulashish:
Sharhlar