Tojikiston va Qirgʻizistondan keltirilgan qariyb 65 kg “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlandi

Foto: videodan nusxa

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro “Cobalt” rusumli avtomashinasida Uzun tumani hududida toʻxtatilgan. Avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning yukxonasida 50 kg 567 gr “gashish” moddasi borligi aniqlangan.

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida yashovchi fuqaro tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan Toshkent viloyatining Boʻka tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 4 kg 929 gr “gashish” moddasini qabul qilib olib, yoʻlovchi avtomashinada yashash joyiga qaytib kelayotganda Fargʻona shahrida qoʻlga olingan.

“Spark” rusumli avtomashina Andijon viloyati Boʻston tumanidagi YPX maskanida toʻxtatilib, tekshirilganda, unda ketayotgan uch nafar O‘zbekiston va bir nafar Qirg‘iziston fuqarosidan 4 kg 727 gr “gashish” moddasi topilgan.

Boshqa holatda esa Paxtaobod tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro Qirgʻizistondagi narkosavdogarlar yetkazib bergan 4 kg 634 gr “gashish” moddasini Andijon tumanida 53 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.