Tojikistonda o‘zini nogiron qilib ko‘rsatgan kishilar ushlandi
Dushanbeda huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘zini nogiron qilib ko‘rsatgan ikki fuqaroni qo‘lga oldi, deya xabar beradi “AVESTA”.
Hisor va Vahdatda yashovchi qo‘lga olinganlar, avvalroq mutasaddilarning ogohlantirishlariga qaramay, o‘zlarini nogiron sifatida ko‘rsatib, tilanchilik bilan shug‘ullangan.
Har ikki qonunbuzar 5 kundan 15 sutkagacha bo‘lgan muddatga tergov izolyatoriga joylashtirildi.
Ulashish:
Sharhlar