Andijonda reklama banneri o‘rnatayotgan shaxsni tok urdi (video)

Foto: “Izvestiya”

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixonda reklama banneri o‘rnatayotgan odamni tok urgani haqida tarqalgan videoxabarlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati rasmiy munosabat e’lon qildi.

Hodisa 30-sentabr kuni Shahrixon tumani “Taraqqiyot” MFYda yuz bergan. Bu yerdan o‘tuvchi “Janubiy” podstansiyasidan chiquvchi “Shodlik” elektr uzatish tarmog‘ining 10 kV havo tarmog’i yonida joylashgan reklama bannerida hech qanday ogohlantirishlarsiz fuqaro tomonidan banner yopishtiralayotgan vaqtda fuqaro favqulodda tokka tushgan.

Shundan so‘ng Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor guruhi tomonidan fuqaro qutqarib olingan va Markaziy shifoxonaga yuborilgan. Ayni vaqtda ushbu fuqaroning holati yaxshi, shifokor nazoratida, deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.