Tolibboy Yo‘ldoshev disk uloqtirish bo‘yicha paralimpiya chempioniga aylandi

Фото: НОК

О‘zbekistonlik sportchi Tolibboy Yo‘ldoshev 2024-yilgi Paralimpiya o‘yinlarida disk uloqtirish bo‘yicha F37 toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

So‘nggi uloqtirishda Tolibboy diskni 57,28 metrga uloqtirib, shaxsiy rekordini o‘rnatdi.

Ushbu oltin medal О‘zbekiston terma jamoasi uchun mazkur o‘yinlardagi to‘qqizinchi medal bo‘ldi. Bundan tashqari, sportchilarimiz oltita kumush va to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.