Toliblar AQShning harbiy aviatexnikani О‘zbekistonga berish haqidagi qaroridan g‘azablandi
Tolibon hukumati AQShning aviatexnikani О‘zbekistonga berish haqidagi bayonotlariga javob qaytardi, deb yozadi Sputnik nashri.
Toliblarning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar afg‘on xalqining mulkini tasarruf etish huquqiga ega emas va ular Toshkentdan “dono qarorni”, ya’ni Afg‘onistonga texnikani qaytarishda yordam kutadi.
2021-yil yozida toliblar Qobulni egallab olgach, Afg‘oniston Harbiy-havo kuchlari vertolyotlari va uchuvchilari shoshilinch ravishda О‘zbekiston va Tojikistonga uchib ketgandi.
Avvalroq AQSh О‘zbekistonga Afg‘onistonda bo‘lgan samolyotlarni bergani haqida yozgan edik.
AQShning О‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik toliblar hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng afg‘on harbiylari olib qochilgan aviatsiya texnikalarining taqdiri haqida gapirdi.
Sharhlar