Toliblar О‘zbekiston kompaniyasi bilan gaz konini ishlash bo‘yicha 1 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi

Фото: amu.tv

Afg‘onistonni boshqarayotgan “Tolibon” harakati Qobulda nomi oshkor etilmagan o‘zbek kompaniyasi bilan 1 milliard dollarlik shartnoma imzoladi, bu haqda TOLOnews Tolibon hukumatidagi kon va neft vazirligiga tayanib xabar beradi.

Shartnoma Afg‘oniston shimolida joylashgan Juzjon viloyatidagi Totimaydon konida tabiiy gaz qidirish va qazib olishni ko‘zda tutadi.

Shartnoma 10 yil muddatga imzolangan. Unga ko‘ra, О‘zbekiston kompaniyasi birinchi yili 100 million dollar, qolgan 900 million dollarni esa keyingi to‘qqiz yil davomida kiritadi. Dastlabki ikki yilda ishlab chiqarilgan gaz 100 megavatt elektr energiyasini ishlab chiqarishga sarflanadi.

Hujjatni imzolashda О‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ishtirok etdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.