Toliblar О‘zbekistondan hamkorlikdagi “Termiz” chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi
Tolibon harakatining rasmiy vakillari О‘zbekiston hukumatidan Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan “Termiz” savdo markazida kontsert va musiqa dasturlarini bekor qilishni so‘ragan. Tolibon buni madaniy va diniy me’yorlarga zid, deb hisoblaydi.
Afg‘onistonning Atlaspress nashriga ko‘ra, agar Tolibon talablari e’tiborsiz qolsa, Afg‘oniston fuqarolari qo‘shma chegara bozoriga kirishdan mahrum bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida joylashgan ushbu bozor avgust oyida ochilgan bo‘lib, afg‘onlarga 15 kungacha vizasiz tashrif buyurish imkonini beradi. Ilgari bozorda turli musiqiy dasturlar, shuningdek, o‘zbek san’atkorlarining chiqishlari bo‘lib o‘tgan.
Ulashish:
Sharhlar